Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 Deputatlar Yangihayotda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichini oʻtkazilishida ishtirok etishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi masʻul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida 2026-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulovning oʻz saylov okrugi “Marhamat” mahallasida navbatdagi sayyor qabuli
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulov oʻz saylov okrugi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining «Yangi Darxon» saylov okrugi deputati Z. Xudoyqulova mahallada navbatdagi sayyor qabul va yuzma-yuz muloqotni o‘tkazdi.
янв.21
Tadbirkorlar huquqlari muhofazasi – eʼtiborda: Yangihayot tumanida "Firdavs" shirinliklar korxonasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik: Doimiy komissiya nazorati
янв.21
Eʼtibor va gʻamxoʻrlik: Yangihayot tumanida nogironligi boʻlgan fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qoʻllab-quvvatlash
янв.21
Xalq manfaatlari yoʻlida: Deputat D.Xursandova tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Xalq deputatlari kengashi deputati B. Erkaboyev saylov okrugida: Manzilli koʻmak va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amaliy oʻrganishlar
Inson qadri va e’tibor amalda: ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holidan xabar olindi

Inson qadri va e’tibor amalda: ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holidan xabar olindi

Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov “Marg‘ilon” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqaro G‘ofurova Iymona Odiljon qizining xonadoniga tashrif buyurib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi hamda ularning holidan xabar oldi.

Mazkur oila mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olingan.

Xususan, 6 yoshli Iymona PTPK xulosasi asosida “Firdavs” maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘naltirilgan. Shuningdek, unga nogironlik aravachasi ajratilgan, oila oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan, moddiy yordam hamda tegishli nafaqa turlari tayinlangan.

Bundan tashqari, xonadon uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiyalar ajratilgan. Shu bilan birga, Ramazon hayiti munosabati bilan bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ham berilgan.

Tashrif davomida oilaning bugungi turmush sharoiti, ehtiyoj va muammolari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3