Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
🌟 Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputat 584-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
🌟 Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputat 581-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
#️⃣ Deputatning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
🔰 PF-193-sonli Farmon ijrosi: Deputat va “Xalq banki” vakillari ishtirokida muhokama oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Xursandova fuqarolar murojaatlarini oʻrgandi
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
#infografika

MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?

Mahalliy Kengash qarori — shunchaki hujjat emas. U hududdagi muayyan masalani huquqiy jihatdan tartibga solish, mavjud muammoga yechim topish va qabul qilingan qarorni amaliy natijaga aylantirishga xizmat qiladigan muhim huquqiy hujjatdir.

Shu bois qaror loyihasini ishlab chiqish jarayoni tizimli, huquqiy asoslangan, tahliliy va ochiq tashkil etilishi muhim.

Qaror loyihasi “E-Kengash” elektron tizimi orqali ishlab chiqiladi. Masalaning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislari, davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar jalb etilgan holda ishchi guruhlar shakllantirilishi mumkin.

Jarayonda, avvalo, amaldagi qonunchilik va uning amaliyotdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Muammoning kelib chiqish sabablari, mavjud huquqiy bo‘shliqlar va ziddiyatlar aniqlanadi. Eng muhimi, qaror kimning manfaatiga xizmat qilishi, uning ijrosi qanday natija berishi va fuqarolar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi oldindan ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, mutaxassislar va jamoatchilikning takliflari o‘rganilib, zarur hollarda ilg‘or xorijiy tajriba ham tahlil qilinadi. Qarorning moliyaviy-iqtisodiy oqibatlari, uni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ miqdori va moliyalashtirish manbalari ham oldindan asoslantiriladi.

Chunki sifatli qaror — faqat to‘g‘ri yozilgan hujjat emas. Sifatli qaror — muammoni aniq ko‘rsatadigan, huquqiy jihatdan asoslangan, moliyaviy manbasi belgilangan, ijrosi nazorat qilinadigan va eng muhimi, fuqaroga real natija beradigan qarordir.

Bugungi mahalliy Kengash — faqat qaror qabul qiluvchi organ emas, balki hudud rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi, jamoatchilik fikrini inobatga oluvchi va davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim demokratik institutdir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash