📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Umid Ro‘ziyev «Shohsanam» mahallasi hududidagi yo‘l bo‘ylarida bo‘lib, avtomobil transporti harakati va yo‘l infratuzilmasi holatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, avtomobillarni to‘xtatish joylari, yo‘l belgilari va ularning joylashuvi, shuningdek, haydovchilar hamda piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
❗️Tashrif davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarining belgilanmagan joylarda to‘xtab qolishining oldini olish hamda yo‘l belgilari holati bilan bog‘liq masalalar joyida ko‘rib chiqildi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida aholi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratishga qaratilgan masalalarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.