Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Olmazor tumani “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Uzumbog‘ 1-tor 1-ko‘chasining ichki yo‘lini asfaltlash hamda “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inining kirish qismiga mahalla nomi aks ettirilgan zamonaviy arka o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi
Olmazor tumani “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Uzumbog‘ 1-tor 1-ko‘chasining ichki yo‘lini asfaltlash hamda “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inining kirish qismiga mahalla nomi aks ettirilgan zamonaviy arka o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

📝 Mazkur murojaat asosida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov tomonidan Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari nomiga Olmazor tumani “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Uzumbog‘ 1-tor 1-ko‘chasining ichki yo‘lini asfaltlash hamda “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inining kirish qismiga mahalla nomi aks ettirilgan zamonaviy arka o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

📁 Deputatlik so‘roviga javoban, Mazkur murojaat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. “Ahil” MFY hududidagi Uzumbog‘ 1-tor 1-ko‘chasini asfaltlash hamda mahalla kirish qismiga zamonaviy arka o‘rnatish masalalari hududni obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan ishlar doirasida ko‘rib chiqilib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mazkur masala nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘riladi.

Mazkur masala tuman hokimligi tomonidan nazoratga olinib, belgilangan tartibda ishlar amalga oshirildi.

🔎 Ushbu masala deputat A.Xasanov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 1