Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi: Fuqaroning huquqlari
янв.21
Yanihayot tumanida "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoniga nomzodlarni saralash boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi
янв.21
Deputat X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
"Хўжа Учқун" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
"14-Chorbogʻ" okrugi deputati X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi va muhokama qilindi
янв.21
Deputat B. Erkaboyev oʻz saylov okrugida
янв.21
Deputat I.Xudaykulov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan oʻzi saylangan okrugda xizmat koʻrsatayotgan “Yangi hudud BK” MCHJ rahbari B.Javliyeva bilan muloqot oʻtkazdi
Aholi bilan psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan hududda aholi bilan psixologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning amaldagi holati, mutaxassislar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda fuqarolarning ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallalar kesimida psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlari bilan ishlash, ularga individual yondashuvni kuchaytirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, psixologik xizmat sifatini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tafsiyalar berildi.

Slide 1 of 2