Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat "TECHNOPLASTIC" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan yana bir amaliy tashabbus!
янв.21
Deputat o`rni bo`sh bo`lgan Olchazor mahalla fuqarolari murojaati tinglandi
янв.21
🇺🇿 Deputatlar Yangihayotda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichini oʻtkazilishida ishtirok etishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi masʻul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida 2026-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulovning oʻz saylov okrugi “Marhamat” mahallasida navbatdagi sayyor qabuli
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulov oʻz saylov okrugi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining «Yangi Darxon» saylov okrugi deputati Z. Xudoyqulova mahallada navbatdagi sayyor qabul va yuzma-yuz muloqotni o‘tkazdi.
янв.21
Tadbirkorlar huquqlari muhofazasi – eʼtiborda: Yangihayot tumanida "Firdavs" shirinliklar korxonasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik: Doimiy komissiya nazorati
Mahalladagi elektr ta’minoti va tungi yoritish holati o‘rganildi

Mahalladagi elektr ta’minoti va tungi yoritish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududida mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi murojaatlari va mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshirilgan elektr ta’minoti va tungi yoritish bo‘yicha ishlarning holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, hududda yangidan o‘rnatilgan beton ustunlar, tortilgan yangi elektr simlari hamda tungi yoritish chiroqlarining o‘rnatilishi va amaldagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Shuningdek, yangi o‘rnatilgan infratuzilmaning aholi uchun qulayligi, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish darajasi, elektr tarmoqlarining tartibli joylashtirilishi hamda amalga oshirilgan ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilgani yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, hududda elektr ta’minoti va tungi yoritish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni deputatlik nazorati asosida davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 5