Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yoʻrqinhayot"da obodonlashtirish va sanitariya qoidalari nazoratda: Deputat oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
Deputat B. Erkaboyev o‘z saylov okrugida chiqindilarni yig‘ish shoxobchalarining ahvolini o‘rgandi
янв.21
Aholi salomatligi – e’tibor markazida: Gulnora Muradova tumanimizdagi poliklinika faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat "MILLENNIUM HOME MAX" MCHJ faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 332-umumtaʼlim maktabida oʻz saylovchilari bilan qabul oʻtkazdi.
янв.21
Deputat "TECHNOPLASTIC" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan yana bir amaliy tashabbus!
янв.21
Deputat o`rni bo`sh bo`lgan Olchazor mahalla fuqarolari murojaati tinglandi
янв.21
🇺🇿 Deputatlar Yangihayotda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichini oʻtkazilishida ishtirok etishdi
«Sayopir» saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Po‘lat Quvandiqovich Raxmonov 9-«Sayopir» saylov okrugida mahalla raisi Komiljon Bekturdiyev bilan birgalikda okrug hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, piyodalar yo‘laklarini qurish, yangi transformatorlar o‘rnatish hamda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur ishlarga tuman Kengashi tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan maʼlumotlar o‘rganilib, tegishli maʼlumotlar Kengash kotibiyatiga taqdim etish uchun shakllantirildi.