Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

🇺🇿 Fargʻona shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy Kengash faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. Mas’ullar mahallada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini, jumladan, bolalar maydonchasi barpo etish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

➡️ O‘rganishlar davomida bolalar maydonchasining qurilish holati, bajarilayotgan ish hajmi va uning sifati atroflicha ko‘zdan kechirilib, mavjud holat muhokama qilindi.

⌛ Jarayon davomida hududda boshlangan bunyodkorlik ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, qurilish jarayonini nazoratga olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

✅ Tadbir yakunida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, aholi, xususan, yoshlar va bolalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ishlarni sifatli yakunlash masalalari belgilandi

Slide 1 of 3