Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati N.Shevchenko saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentyabrdagi PF–193-sonli
янв.21
🏢 Yangihayotda yangi uylar qurilishi koʻzdan kechirildi
янв.21
Eʼtibor va gʻamxoʻrlik: Yangihayot tumanida nogironligi boʻlgan fuqarolarning holidan xabar olindi
янв.21
Oilalarni asrash — muhim vazifa: Yangihayot tumanida oilaviy ajrimlarning oldini olish yuzasidan muloqot oʻtkazildi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati oʻz saylov okrugidagi “Choshtepa” mahallasida koʻchat yetishtirish ishlarini koʻzdan kechirdi
янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
Deputatlik so‘roviga asosan muammo o‘z yechimini topmoqda

Deputatlik so‘roviga asosan muammo o‘z yechimini topmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatining 2026-yil 10-sentyabrdagi №101-ds-409-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida Termiz mahallasidagi aholi yashash hududlarining sanitariya-obodonlashtirish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim hududlarda maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi va ularni o‘z vaqtida olib chiqish masalasida muammolar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi. BIO TEXNO EKO MChJ Termiz tuman bo‘limi bilan kelishilgan holda, hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni maxsus texnikalar yordamida o‘z vaqtida olib chiqib ketish ta’minlanishi belgilandi.

Shuningdek, hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash va chiqindilarni muntazam olib chiqib ketish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolarning murojaatlari joyida o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilanishi davom ettiriladi.