📍Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 5-Yoshlar saylov okrugi deputati M.Xudoyberdiyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-907-son Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur qonun talablari asosida davlat mulkidan samarali foydalanish, uni xususiylashtirish jarayonlarining qonunchilikka muvofiqligi hamda bu boradagi ishlarning tashkil etilishi yuzasidan tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
📑 Shuningdek, davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarning yuritilishi, mavjud obyektlardan oqilona foydalanish hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amalda bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi.
⚖️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablariga qat’iy rioya etish, davlat mulkidan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar qonunlarning joylarda samarali ijro etilishi, davlat mulkini boshqarish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Qonun ustuvorligi — taraqqiyot va farovonlikning muhim garovidir!