Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Yangihayotda 1 850 oʻrinli zamonaviy maktab qurilishi boshlandi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati G.Djumaniyazova saylov okrugida oʻrganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi Xushnud mahallasida
янв.21
🔈 Deputat so‘rovi ijrosi: “Gulshanobod” mahallasidagi bolalar maydonchasi ta’mirlandi!
янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
FUQAROLARNING MUAMMOLARI VA IJTIMOIY EHTIYOJLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️FUQAROLARNING MUAMMOLARI VA IJTIMOIY EHTIYOJLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev “Quyi Darxon” mahallasi raisi va faollari bilan birgalikda hududda manzilli tashriflarni amalga oshirib, fuqarolarning yashash sharoiti, mavjud muammolari hamda murojaatlarini o‘rgandi.

🔺 O‘rganishlar davomida xonadonlardagi holat bilan bevosita tanishilib, fuqarolar bilan suhbatlashildi. Ularning kundalik hayotida uchrayotgan masalalar, ijtimoiy ehtiyojlari va qo‘llab-quvvatlashga doir murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi.

🩺 Xususan, tibbiy muolajaga muhtoj fuqaro Isakova Mavludaning holati o‘rganilib, Ulug‘bek Ziyodullayev tashabbusi hamda homiylar ko‘magida unga beg‘araz moddiy yordam ko‘rsatildi.

📁 Mazkur manzilli tashriflar mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan uzviy bog‘liq.

🔎 Shu bilan birga, aholining ehtiyojlarini xonadonbay o‘rganish orqali yordamga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga imkon qadar manzilli ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🤝 Manzilli tashriflar davomida aniqlangan boshqa masalalarni ham tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish hamda zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning holatini joyiga chiqib o‘rganish va ehtiyojmand insonlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining aholi manfaatlariga qaratilgan muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3