Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. Sadikov tomonidan “Obi-hayot” mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi.
🔷 O‘rganish jarayonida mahalla raisi T. Eraliyev bilan birgalikda hudud atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔷 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy va kommunal sohadagi muammolar tizimli ravishda tahlil qilindi.
🔷 Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning texnik holati o‘rganilib, mavjud kamchiliklar aniqlashtirildi.
📊 Bildirilgan muammo va takliflar deputat tomonidan alohida nazoratga olindi hamda ularni MFY raisi bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🎯 Asosiy maqsad — mahalla aholisining turmush darajasi va farovonligini oshirish, mavjud muammolarga samarali va tezkor yechim topishdir.