Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi 330-umumta'lim maktabida
янв.21
Fuqarolar murojaati doimo e’tibor va nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati hududdagi ahvolni oʻrgandi
янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
Namangan davlat pedagogika institutida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Namangan davlat pedagogika institutida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Namangan shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov Namangan davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Yangi o‘quv binosida bo‘lib, undagi qurilish jarayonlari va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Auditoriyalarni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash hamda o‘quv jarayonini ilg‘or yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, institut hududida barpo etilayotgan “Ma’rifat bog‘i” loyihasi va “Registrator ofisi” qurilishi yuzasidan fikr almashilib, bu maskanlarning talabalarga qulaylik yaratishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

O‘rganish davomida qurilish sifati, obyektlarni o‘z vaqtida topshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5