Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi 330-umumta'lim maktabida
янв.21
Fuqarolar murojaati doimo e’tibor va nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati hududdagi ahvolni oʻrgandi
янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi

To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov hamda 16-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputat B.Qodirov tomonidan To‘da mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ-49-son qarori hamda mazkur qaror asosida xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026 yil 3 martdagi VII-20-18-8-110-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan, mahallada aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 1,0 kilometr ariqlarni betonlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 250 mln so‘m mablag‘ nazarda tutilgan.

O‘rganish davomida ariqlarni betonlash ishlarining belgilangan hajm va talablar asosida sifatli bajarilishi, shuningdek, aholi tomorqalarini sug‘orishda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati — aholi manfaati va belgilangan loyihalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4