Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Yangihayotda 1 850 oʻrinli zamonaviy maktab qurilishi boshlandi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati G.Djumaniyazova saylov okrugida oʻrganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi Xushnud mahallasida
янв.21
🔈 Deputat so‘rovi ijrosi: “Gulshanobod” mahallasidagi bolalar maydonchasi ta’mirlandi!
янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari jadallashtirilmoqda

65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari jadallashtirilmoqda

Namangan shahar hokimi, Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari doirasida Amir Temur ko‘chasidagi asosiy gulxonalarda olib borilayotgan gul ekish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish ishlari davomida hududlarni bezatish, landshaft dizaynini yanada boyitish hamda gullarning rang-barang uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 65 yillik yubiley arafasida yaratilayotgan har bir dekoratsiya va kompozitsiya festival mehmonlarida chuqur va unutilmas taassurot qoldirishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shahar ko‘chalariga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydigan zamonaviy yechimlarni keng joriy etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7