Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi 330-umumta'lim maktabida
янв.21
Fuqarolar murojaati doimo e’tibor va nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati hududdagi ahvolni oʻrgandi
янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
G‘UNCHA MAHALLASIDA MAKTAB QUVVATI OSHIRILMOQDA

G‘UNCHA MAHALLASIDA MAKTAB QUVVATI OSHIRILMOQDA

Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamolov tomonidan Namangan shahar G‘uncha mahallasida joylashgan 85-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qo‘shimcha 480 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari holati, loyiha ijrosi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha “Invent dizayn servis” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish ishlari “Chortoq arxitekt qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda 315 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda 881 nafar o‘quvchiga 60 nafar pedagog xodim tomonidan ta’lim-tarbiya berilmoqda. Yangi bino 5,9 milliard so‘m mablag‘ evaziga 3 qavatli, 480 o‘ringa mo‘ljallangan holda barpo etilishi rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunlari yuzasidan qurilish ishlarini sifatli va o‘z muddatida yakunlash, yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga to‘liq javob berishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4