Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
“Obod makon” mahallasida yangi bino qurilishi o‘rganildi

“Obod makon” mahallasida yangi bino qurilishi o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Otemisov Sharapat Jangabaevich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Matniyazov Taxiatosh tumanida yangi barpo etilayotgan “Obod makon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga tashrif buyurib, qurilish jarayonining bugungi holati bilan joyiga chiqqan holda tanishdilar.

🔎 O‘rganish davomida binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, yaratilayotgan sharoitlar hamda obyektning belgilangan talablarga muvofiq barpo etilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, mahalla aholisi uchun qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 Zamonaviy mahalla binosi — aholiga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan muhim infratuzilma obyektidir.

Slide 1 of 2