Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
HAFTALIK DAYJEST (Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyatidan)

 HAFTALIK DAYJEST

(Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyatidan)

🚨 Hafta davomida shahar Kengashi tomonidan hududlarda ochiqlik, shaffoflik va aholi bilan muloqotni kuchaytirishga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borildi.

🚨 Hududlararo hamkorlik mustahkamlanmoqda

Kengash kotibiyati xodimlari Chortoq tumanida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy uchrashuvlar o‘tkazdilar. (https://t.me/Namanganshaharkengashi/4787)

🚨 “Deputat mahallada” – ochiq muloqot maydoni

Loyiha doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. (https://t.me/Namanganshaharkengashi/4798)

🚨 Sayyor qabullar – murojaatlarga yechim

O‘tkazilgan sayyor qabullarda aholi tomonidan bildirilgan masalalar joyida o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. (https://t.me/Namanganshaharkengashi/4805)

🚨 “Xalq bilan birga” – amaliy yondashuv

Deputat B. Xalilov tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. (https://t.me/Namanganshaharkengashi/4831)

🚨 Profilaktik tadbirlar – muhim yo‘nalish

Mahalla yettiligi va deputat ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. (https://t.me/Namanganshaharkengashi/4838)

✅ Xulosa:

Olib borilayotgan ishlar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish hamda mahallalarda barqaror muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5