Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA MUAMMOLARNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ne’matjon Mo‘minov o‘zi saylangan saylov okrugida ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, fuqarolar bilan muloqot qildi hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.

🤝 O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni aniqlash va amaliy yechimlar topishga alohida e’tibor qaratildi.

🩺 Shuningdek, fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi hamda bepul dori-darmonlar tarqatildi.

💊 Jumladan, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro Madiyor Davlatov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur dori-darmonlar bilan bepul ta’minlandi.

🙏 Fuqarolar tomonidan aholining holidan xabar olish, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ushbu ishlar ijobiy baholanib, davlatimiz va rahbariyatga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.