Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun 51-sonli DMTTda qonun ijrosi va bolalar oziq-ovqat xavfsizligi nazorat etildi
янв.21
#19_1_modda_ijrosi 25-chiqindi yigʻish maydonchasida oʻrganish
янв.21
#19_1_modda_ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat va hokim o‘rinbosari hamkorligida o‘rganildi
янв.21
Zarbdor mahallasida kriminogen vaziyat va xavfsiz muhit oʻrganildi
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat eʻtiborida
янв.21
«Davlat tili haqida»gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi o‘rganishlar boshlandi
янв.21
Sessiya oldi Tuman soliq inspeksiyasida fuqarolar murojaatlari oʻrganildi
янв.21
Og‘ir axvolga tushib qolgan ayolga ijtimoiy ijara uyi ajratishda amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar: Soliq sohasidagi ishlar va tushumlar tahlil qilindi
#_munosabat

🔰#munosabat

👉Pensiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi takliflar fuqarolarning mehnat faoliyati va pensiya ta’minoti o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir.

👉Xususan, pensiya yoshiga yetgach ham mehnat faoliyatini davom ettirayotgan va yuqori daromaddan ijtimoiy soliq to‘layotgan fuqarolarni qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmining joriy etilishi taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, pensiyaga 6 oy kech chiqqan fuqarolar uchun hisobga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi oshirilib, pensiya miqdori o‘rtacha oyiga 277 ming so‘mgacha, 12 oy kech chiqqanlarda esa 554 ming so‘mgacha ko‘payishi mumkin.

👉Bunday yondashuv uzoq yillar davomida mehnat qilgan, yuqori miqdorda ijtimoiy soliq to‘lagan fuqarolarning pensiya ta’minotini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.

👉Eng muhimi, mazkur taklif jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Demak, fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflari ham yangi tartibni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,