Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
😎 SEMINAR TASHKIL ETILDI

⚜️ Joriy yilning 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari mahalliy Kengashlar raislari va deputatlari uchun tashkil etilgan onlayn seminarda faol ishtirok etishdi.

⚜️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi xatiga asosan o‘tkazilgan ushbu seminarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

⚜️ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmonida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

⚜️ Mazkur Farmonning 18-bandida mahalliy Kengashlarga ushbu vazifalar ijrosi hamda ajratilgan resurslardan foydalanish samaradorligi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish tavsiya etilgan.

✏️ Seminarda ilgari surilgan tavsiyalarga muvofiq, Amudaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshiriladi:

📌 Har bir mahalla bo‘yicha deputatlarning alohida faoliyat rejasi ishlab chiqiladi va uning ijrosi ta’minlanadi;
📌 Deputatlarning bandlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashiladi;
📌 Tuman darajasida hal etiladigan muammoli masalalar har haftada tegishli doimiy komissiya majlislarida muhokama qilib boriladi;
📌 Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi tahlili asosida har oyda kamida bir marta Kengash sessiyasida mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.

Slide 1 of 5