Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich tomonidan tegishli mutasaddi rahbarlar hamda ijro organlari vakillari ishtirokida tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvning asosiy maqsadi — bitiruvchi, ish izlayotgan va mehnat faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarning bandlik bilan bog‘liq muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.
💼 Uchrashuv davomida yoshlarning ishga joylashishi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat bozoridagi imkoniyatlardan foydalanishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish topishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, yoshlar tomonidan:
🔹 🎓 olgan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish;
🔹 💼 doimiy va munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lish;
🔹 🧑‍💻 kasb-hunar va zamonaviy mutaxassisliklarni egallash;
🔹 💰 tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish;
🔹 🏢 yangi ish o‘rinlari yaratish va mavjud bandlik imkoniyatlaridan xabardor bo‘lish;
🔹 🏥 davolanish va sog‘liq bilan bog‘liq masalalarda amaliy ko‘mak olish
yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
⏺ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida tinglanib, muammolarning sabablarini aniqlash va ularni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarning bandligini ta’minlashda faqat bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish bilan cheklanib qolmasdan, ularning bilimi, mutaxassisligi, kasbiy qiziqishi va mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.
⏺ Shuningdek, ish izlayotgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📣 Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlarning asosiy maqsadi — muammoni shunchaki tinglash emas, balki uning aniq yechimini topish va natijasini nazorat qilishdir.
⏺ Uchrashuvda deputat Elmurod Po‘latov yoshlarni mehnat faoliyatida sabr-toqatli bo‘lishga, izlanishdan va o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaslikka chaqirdi.
⏺ U yoshlarni har qanday halol mehnatni kichik deb bilmaslik, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish va sidqidildan mehnat qilish orqali tajriba va ko‘nikmalarni oshirib borishga undadi. Mehnat faoliyatining dastlabki bosqichlarida orttirilgan tajriba kelgusidagi professional rivojlanish uchun muhim poydevor bo‘lishi qayd etildi.
⏺ Zero, bugun ish bilan ta’minlangan, kasb-hunar egallagan va o‘z kelajagini bunyod etayotgan yosh — ertangi kunning malakali mutaxassisi va jamiyatning faol a’zosidir.
Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning munosib mehnat qilishi uchun sharoit yaratish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish — ustuvor vazifalardan biridir.
⚠️ Yoshlarning har bir murojaati e’tiborda, ularning bandligi va kelajagi yo‘lidagi amaliy ishlar esa izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 10