Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: Binokor mahallasidagi qurigan daraxtlar masalasi nazoratda
янв.21
"Binokor" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
Mahalla nuroniylari bilan hamkorlik — muammolarga samarali yechim
янв.21
✍️Fayzli mahallasida aholi daromadlarini oshirish va bandlikni taʻminlash boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilab olindi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishida mahalliy budjet va infratuzilma masalalari qizgʻin muhokama qilindi
янв.21
‼️Murojaatlarni ijobiy hal qilish samaradorligi oshmoqda: Deputat xalq dardi bilan yashaydi
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ichimlik suvi taʼminoti masalalari qatʼiy nazoratga olindi
янв.21
🔰PF-193-sonli Farmon mazmun-mohiyati «mahalla yettiligi» bilan muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining Choshtepa mahallasidagi faoliyati: Murojaatlar va ularning ijrosi
“Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalaridagi infratuzilma masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalaridagi infratuzilma masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalarida aholi tomonidan ko‘tarilgan qator infratuzilmaviy masalalarni hal etish yuzasidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Buranovich Umurzakov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔺 Deputatlik so‘roviga “6-Sarbon” saylov okrugi hududidagi mahallalar aholisi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisherobod” MFY binosida o‘tkazilgan uchrashuv va hududiy o‘rganishlar asos bo‘lgan. Jarayonda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mutasaddilari bilan birgalikda fuqarolarning murojaatlari o‘rganilgan.

📉 O‘rganish davomida “Alisherobod” mahallasida bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun ochiq sport maydoni qurishga mo‘ljallash mumkin bo‘lgan bo‘sh yer maydoni mavjudligi aniqlangan. Shu bois ushbu hududda zamonaviy ochiq sport maydonini barpo etish masalasi deputatlik so‘roviga kiritilgan.

⚡ Shuningdek, “Ijodkor” mahallasida elektr energiyasini uzatuvchi 15 ta simyog‘och eskirgani, shu bilan birga mahalladagi 15 ta xonadonda kanalizatsiya tarmog‘i mavjud emasligi aniqlangan. Deputat mazkur simyog‘ochlarni yangilash hamda xonadonlarni kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlash choralarini ko‘rishni so‘ragan.

🛣 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarning yo‘l infratuzilmasi holatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘rganish natijasida “Ijodkor” mahallasida 150–200 metr ichki yo‘lga, “Alisherobod” MFY Milliy bog‘ ko‘chasida esa 70 metr uzunlikdagi ichki yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish zarurati mavjudligi qayd etilgan.

💡 Shu munosabat bilan deputat Habibulla Akilov tomonidan “Ijodkor” mahallasidagi ichki yo‘llarni yoritish, 150–200 metr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish, shuningdek, “Alisherobod” mahallasidagi Milliy bog‘ ko‘chasining 70 metr qismini asfaltlashtirish masalalari ham ko‘tarilgan.

🔎 Deputatlik so‘rovida “Alisherobod” MFYda ochiq sport maydoni barpo etish, “Ijodkor” MFYdagi 15 ta eskirgan simyog‘ochni yangilash, 15 ta xonadonni kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni yoritish va asfaltlashtirish kabi yechimini kutayotgan masalalarni tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqish so‘ralgan.

📩 Shuningdek, Toshkent shahar hokimi Shavkat Buranovich Umurzakovdan o‘rganish natijalari va ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalarida aholi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan mazkur masalalar deputat Habibulla Akilov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1