Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP a’zosi Muyassar Yuldasheva ishtirokida 1-“Oqibat” okrugidagi “Oqibat”, “Shaxrisabz”, “Nur” va “Mustaqillik” mahallalarida kambag‘allik reyestrida turuvchi aholi bilan respublika ishchi guruh vakili va tuman kambag‘allikni qisqartirish bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan aholini ish bilan taminlash borasida qabul o‘tkazildi.
Qabulda mahallalardagi ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida, ular bilan suhbatlashildi, ish bilan ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.