Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi 330-umumta'lim maktabida
янв.21
Fuqarolar murojaati doimo e’tibor va nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati hududdagi ahvolni oʻrgandi
янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun
📢 Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi tartib


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil
22-iyundagi KQ-360-V-son qarori bilan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha axborot va hisobotlarini eshitishni samarali tashkil etishning namunaviy tartibi belgilandi.

🔹 Qarorning asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish hamda ularning yechimi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

📌 Yangi tartibga ko‘ra:
▫️ Xalq qabulxonalari har chorak yakuni bo‘yicha tegishli mahalliy Kengashga davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati haqida axborot taqdim etadi;
▫️ Hokimlarning hisobotlari har chorakda mahalliy Kengash sessiyasida eshitilishi shart;
▫️ Zarur hollarda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari sessiyada eshitiladi;
▫️ Hisobotlarda murojaatlar soni, ularning hudud va sohalar bo‘yicha tahlili, takroriy murojaatlar, ko‘tarilayotgan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar aks ettiriladi;
▫️ Fuqarolar qabuli, sayyor va ommaviy qabullar natijalari hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi;
▫️ Murojaatlarni qabul qilish uchun yaratilgan qulayliklar, ishonch telefonlari, elektron murojaatlar va murojaatlar bilan ishlash jarayonlarining raqamlashtirilganlik holati tahlil qilinadi;
▫️ OAV va ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ham alohida e’tiborga olinadi.

📊 Muhim jihati: hisobotlar dastlab tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng masala mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilib, muhokama qilinadi.

📝 Sessiya yakunida tegishli Kengash qarori qabul qilinadi. Unda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar, tavsiyalar va muddatlar belgilanadi hamda ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatiladi.

🤝 Mazkur tartib aholining murojaatlarini shunchaki qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, muammolarni aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish va amaliy yechim topishga qaratilgan parlament nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram
Slide 1 of 1