Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: Binokor mahallasidagi qurigan daraxtlar masalasi nazoratda
янв.21
"Binokor" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
Mahalla nuroniylari bilan hamkorlik — muammolarga samarali yechim
янв.21
✍️Fayzli mahallasida aholi daromadlarini oshirish va bandlikni taʻminlash boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilab olindi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishida mahalliy budjet va infratuzilma masalalari qizgʻin muhokama qilindi
янв.21
‼️Murojaatlarni ijobiy hal qilish samaradorligi oshmoqda: Deputat xalq dardi bilan yashaydi
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ichimlik suvi taʼminoti masalalari qatʼiy nazoratga olindi
янв.21
🔰PF-193-sonli Farmon mazmun-mohiyati «mahalla yettiligi» bilan muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining Choshtepa mahallasidagi faoliyati: Murojaatlar va ularning ijrosi
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda belgilangan vazifa va tavsiyalar ijrosini hududda tizimli tashkil etish maqsadida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari, shahar Kengashining barcha deputatlari, Mahalla uyushmasi va Bandlik bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, avvalo, Senat seminarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, shahar hokimligi, Inson markazi, Mahalla uyushmasi hamda Bandlik bo‘limi tomonidan taqdim etilgan tegishli ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Hududlarda bandlikni ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi mavjud holat yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Senat tomonidan mahalliy Kengashlarga taqdim etilgan “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash orqali aholining doimiy daromad manbaini yaratish hamda kambag‘allikni kamaytirish” bo‘yicha deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar deputatlarga yana bir bor batafsil tushuntirib berildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borishda foydalaniladigan Senat tomonidan ishlab chiqilgan savolnoma mazmuni bilan ham deputatlar tanishtirildi.

Mazkur hujjatlar asosida deputatlarning mahallalardagi ishini aniq yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda aniqlangan masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Kotibiyat tomonidan har bir deputat uchun tayyorlangan “Xalq deputatlari Kengashi deputatining mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi” deputatlarga tarqatildi.

Mazkur faoliyat rejasi deputatlarning mahallalarda aholi bilan bevosita ishlashi, muammolarni aniqlashi, bandlik va daromad manbalarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishi hamda ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni mahallalar kesimida izchil amalga oshirish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini nazoratga olish, shuningdek, deputatlik nazoratini natijadorlikka yo‘naltirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 10