Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: Binokor mahallasidagi qurigan daraxtlar masalasi nazoratda
янв.21
"Binokor" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
Mahalla nuroniylari bilan hamkorlik — muammolarga samarali yechim
янв.21
✍️Fayzli mahallasida aholi daromadlarini oshirish va bandlikni taʻminlash boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilab olindi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishida mahalliy budjet va infratuzilma masalalari qizgʻin muhokama qilindi
янв.21
‼️Murojaatlarni ijobiy hal qilish samaradorligi oshmoqda: Deputat xalq dardi bilan yashaydi
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ichimlik suvi taʼminoti masalalari qatʼiy nazoratga olindi
янв.21
🔰PF-193-sonli Farmon mazmun-mohiyati «mahalla yettiligi» bilan muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining Choshtepa mahallasidagi faoliyati: Murojaatlar va ularning ijrosi
🔰Dolzarb vazifalar muhokamasi.

📌Bugungi kunda mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlashda xotin-qizlar faollarining o‘rni beqiyosdir. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi o‘quv seminari xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattarova ishtirok etdi.

🔸Seminar davomida deputat M.Abdusattarova so‘zga chiqib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini “mahallabay” o‘rganish va og‘irini yengil qilish borasidagi dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Xalq vakili faollarning kundalik ish faoliyatida duch kelayotgan masalalar, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ajrimlarning oldini olish va oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha muhim tushunchalar hamda tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 3