Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat e’tiborida
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
янв.21
"Fayzli" okrugidagi amaliy oʻrganishlar
янв.21
🔒 KIBER FIRIBGARLAR TUZOG‘IGA TUSHIB QOLMANG!
янв.21
Chiqindi maydonchalaridagi holatlar oʻrganilmoqda
янв.21
#Deputat_fuqaro_qabuli   📌 Har bir murojaat eʻtiborda: Deputat X. Tillayev fuqaroning muammosini shaxsan oʻrgandi
янв.21
📌 Aholi muammolari eʼtiborsiz qoldirilmaydi: Yangihayotda aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi!
янв.21
“Inson qadri uchun” -Deputat, tuman hokimi X.Inogamov navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar.
18-sonli MTT faoliyati o‘rganildi

#deputat_faoliyati #deputat_okrugida #162_ta_Qonun
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaatlar_daftari
#nazorat_tahlil

18-sonli MTT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi - tuman Kengashiga 19-“Zarbdor” saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev tomonidan deputatning saylov okrugidagi “Oqjar” mahallasida joylashgan 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mavjud moddiy-texnik baza hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan mavjud muammolar va fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Aniqlangan masalalarning bartaraf etilishi hamda Qonun talablarining ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga takliflar kiritilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2