Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yoʻrqinhayot"da obodonlashtirish va sanitariya qoidalari nazoratda: Deputat oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
Deputat B. Erkaboyev o‘z saylov okrugida chiqindilarni yig‘ish shoxobchalarining ahvolini o‘rgandi
янв.21
Aholi salomatligi – e’tibor markazida: Gulnora Muradova tumanimizdagi poliklinika faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat "MILLENNIUM HOME MAX" MCHJ faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 332-umumtaʼlim maktabida oʻz saylovchilari bilan qabul oʻtkazdi.
янв.21
Deputat "TECHNOPLASTIC" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan yana bir amaliy tashabbus!
янв.21
Deputat o`rni bo`sh bo`lgan Olchazor mahalla fuqarolari murojaati tinglandi
янв.21
🇺🇿 Deputatlar Yangihayotda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichini oʻtkazilishida ishtirok etishdi
Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov tomonidan tumanda xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi D.Xashimova bilan suhbatlashilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 4400 nafar xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar holatiga e’tibor qaratildi. Ularning mavjud muammolarini aniqlash, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tegishli ijtimoiy yordam va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar tahlil qilindi.

🔻“Ayollar daftari”ning 3-toifasiga kiritilgan 71 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar alohida nazoratga olingani ma’lum bo‘ldi. Mazkur xotin-qizlar bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini bartaraf etish va zarur yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔻Xususan, ushbu toifadagi xotin-qizlardan 8 nafari turar joy ijara to‘lovlarini qoplash uchun kompensatsiya oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Ularga belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilgan. Shuningdek, uy-joyini ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan 63 nafar xotin-qizlar bo‘yicha belgilangan ishlar amalga oshirilayotganligi ma’lum qilindi.

🔻Deputat tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va natijadorlikka alohida e’tibor qaratish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning muammosini alohida o‘rganish va belgilangan yordamlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1