Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
📌 Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugidan saylangan deputati N.Himmatovaning saylov okrugiga qarashli “Nurtepa” mahallasida mahalla yoshlar yetakchisi D.Salimovning faoliyati o‘rganib chiqildi.

🔹 O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va yechim topish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim, madaniyat va turli loyihalarga jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3