Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.
🤝Tashrif davomida fuqarolarning murojaatlari, ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏥Shuningdek, fuqarolarga salomatligini tiklash va sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida sanatoriylarga yo‘llanmalar topshirildi.
⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-641-son Qonuni talab va tamoyillari asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda sog‘lig‘ini tiklashga ko‘maklashish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar bilan uyg‘un holda amalga oshirilmoqda.
✅Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari e’tiborga olinib, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.