POYGABOSHI MAHALLASIDA «MAHALLA YETTILIGI» FAOLIYATI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputati, 1-Tuzbozor saylov okrugi deputati H.Saidov tomonidan Poygaboshi mahallasida mahalla raisi va «mahalla yettiligi» faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
✅ Shuningdek, mahalla raisi va «mahalla yettiligi» a’zolarining vazifalarini samarali tashkil etishi, aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar berildi.