MUSTAQILLIK MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
#Boysun_tumani
#Mustaqillik_mahallasi
📅 20.09.2026
✅ Tuman hokimi boshchiligida Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Unda tuman prokurori, tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mas’ullarga mahallada mavjud muammolarni joyida o‘rganish, aholi murojaatlarini eshitish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berildi.
🤝 Maqsad — mahallada aholi farovonligini oshirish, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlash.