Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi


🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
(2026-yil 21–25-sentabr)

Ushbu hafta davomida deputatlar o‘z saylov okruglari va mahallalarda fuqarolar bilan uchrashib, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganadi, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida nazorat-tahlil tadbirlarini olib boradi hamda aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘radi.

💬Dushanba (21-sentabr)
Haftalik ish rejasini tahlil qilish hamda hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilash, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, imzolash va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish (Sh.Ergasheva, U.Toshboyev), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (Sh.Ergasheva).

💬 Seshanba (22-sentabr)
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining sessiyasida qabul qilingan qarorlarni tegishli davlat organlari, tashkilot va muassasalarga belgilangan tartibda yetkazish, ularning ijrosini tashkil etish hamda nazoratga olish (Sh.Ergasheva, U.Toshboyev), qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan mas'ul ijrochilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (Sh.Ergasheva).

💬 Chorshanba (23-sentabr)
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar, xususan mahallalarda yangi muhit yaratish hamda "Mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (U.Toahboyev), chiqarilgan qarorlarda ijrochilarga belgilangan topshiriqlarni tahlil qilish va o‘tgan hafta davomida qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (Sh.Ergasheva).

💬 Payshanba (24-sentabr)
Uzun tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, Prezident va Hukumat qarorlari hamda "yo‘l xaritalari" ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (U.Toshboyev), navbatdagi sessiyada qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish va ijrochilarga yuborishga tayyorlash, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (Sh.Ergasheva, U.Toshboyev).

💬 Juma (25-sentabr)
Haftalik amalga oshirilgan ishlar sarhisobi (U.Toshboyev), Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni atroflicha tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari hamda takliflar tayyorlash (Sh.Ergashevw), deputatlar bilan individual tarzda ishlash (barcha bosh mutaxassislar), deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (Sh.Ergasheva).

🇺🇿Hafta davomida:

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganishlar olib borish;

🟢Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Sessiya qarorlari va deputatlik so‘rovlari ijrosi monitoringini amalga oshirish;

🟢Oliy Majlis Senati, Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Kengash raisining topshiriq va ko‘rsatmalariga muvofiq ish rejasiga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

🇺🇿 Eslatma: Mazkur vazifalar ijrosi Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat mudiri O'.Rajabov bosh mutaxassislari Sh.Ergasheva va U.Toshboyev tomonidan muvofiqlashtirilib, doimiy nazoratga olinadi.