Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-“Qorliq” saylov okrugidan saylangan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna “Qorliq” mahallasida mahallani “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xonadonbay va joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda mahalla yettiligi vakillari, ko‘chaboshilar hamda faol va nuroniy fuqarolar ishtirok etdi.

O‘rganish davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar tahlil qilindi:

📌 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik: Aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda oilaviy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi.

📌 Aholi bilan muloqot: Doimiy muloqot asosida fuqarolarni qiynayotgan maishiy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5