Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_ta_Qonun
#nazorat_tahlil

Ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan 9-Gilambob saylov okrugidagi “Xalqobod” mahallasida joylashgan 5-umumta’lim maktabida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borilib, qonunda belgilangan talablarning ta’lim muassasasida bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga ta’lim sifatini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4