Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Sh. Isoqov tomonidan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasining holati va faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi hamda bugungi kunda yosh avlod vakillari orasida qaysi turdagi kitob va adabiyotlarga qiziqish yuqori ekanligi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.