35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati oʻrganildi!
янв.21
"Yo‘ldosh" MFYda fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, qonuniy yechim topilmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida mahalla masʻullari faoliyati oʻrganildi
янв.21
MAHALLALARDA QONUN IJROSI VA KADRLAR SALOHIYATI, NAZORAT VA TAHLIL
янв.21
Yangihayotda daraxtlar muhofazasi: Deputat nazorati va aholi eʻtirozlari oʻrganildi
янв.21
📚 PEDAGOG — JAMIYATNING ENG HURMATLI VAKILI!
янв.21
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK — HUDUD TARAQQIYOTI VA AHOLI DAROMADINI OSHIRISHNING AMALIY MEXANIZMI
янв.21
🧿 Yangihayotda yana bir xayrli tashabbus: "Doʻstlik" mahallasida yangi xususiy bogʻcha oʻz faoliyatini boshladi! 🏠✂️
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan tumandagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, sanitariya-gigiyena holati hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning holati, maktab hududining obodonlashtirilishi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish va ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6