Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati oʻrganildi!
янв.21
"Yo‘ldosh" MFYda fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, qonuniy yechim topilmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida mahalla masʻullari faoliyati oʻrganildi
янв.21
MAHALLALARDA QONUN IJROSI VA KADRLAR SALOHIYATI, NAZORAT VA TAHLIL
янв.21
Yangihayotda daraxtlar muhofazasi: Deputat nazorati va aholi eʻtirozlari oʻrganildi
янв.21
📚 PEDAGOG — JAMIYATNING ENG HURMATLI VAKILI!
янв.21
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK — HUDUD TARAQQIYOTI VA AHOLI DAROMADINI OSHIRISHNING AMALIY MEXANIZMI
янв.21
🧿 Yangihayotda yana bir xayrli tashabbus: "Doʻstlik" mahallasida yangi xususiy bogʻcha oʻz faoliyatini boshladi! 🏠✂️
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o'rganildi

Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o'rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati K.Djumanazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Yuqoriovul” mahallasidagi ichki avtomobil yo‘llarining holati o‘rganildi.

🚦 O‘rganish davomida mahalla hududida transport vositalari harakatining zichligi, tirbandliklar yuzaga kelayotgan joylar, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlar tahlil qilindi.

🚧 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avariya xavfi yuqori bo‘lgan nuqtalarda YTHlarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

🔰Ichki avtomobil yo‘llarining ta’mirlanganlik holati, yo‘l belgilari va piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi infratuzilmalarning mavjudligi hamda ularning holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4