Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020-y.) ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun #DeputatFaoliyati XAVFSIZ OZIQ-OVQAT — SALOMATLIGIMIZ GAROVI!
янв.21
🔰MOLIYAVIY XAVFSIZLIGINGIZ — OʻZ QOʻLINGIZDA!
янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun #DeputatFaoliyati #YoshlarMaslahatGuruhi   YOSHLARGA NIMA KERAKLIGINI YOSHLARNING O‘ZI BILADI!
янв.21
📌Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandlik masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Ma’naviyat — tarbiya va milliy o‘zlik timsoli: Yangihayotda «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi
янв.21
⁉️Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish: Muammolar va yechimlar
янв.21
#IjtimoiyHimoya #AholiBandligi #DeputatNazorati #Mahallabay   Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi deputatlar nazoratida
янв.21
✅Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati B. Qobiljonov «Gulshanobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati oʻrganildi!
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Profilaktika inspektorining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun doirasidagi faoliyati tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquq-tartibot organlarining mahallalardagi faoliyati samaradorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-Bandixon saylov okrugi deputati X.Abdimo‘minovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi faoliyatini o‘rgandi.

✅Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi. Tahlillar natijasida hudud 2026-yil davomida kriminogen holat bo‘yicha "yashil" toifada saqlanib kelayotgani va jinoyatchilik qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi.

✅Shuningdek, 6 nafar probatsiya va 4 nafar profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual-profilaktik tadbirlar, ularni sog‘lom hayot tarziga qaytarish va bandligini ta’minlash choralari tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 3