Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati oʻrganildi!
янв.21
"Yo‘ldosh" MFYda fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, qonuniy yechim topilmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida mahalla masʻullari faoliyati oʻrganildi
янв.21
MAHALLALARDA QONUN IJROSI VA KADRLAR SALOHIYATI, NAZORAT VA TAHLIL
янв.21
Yangihayotda daraxtlar muhofazasi: Deputat nazorati va aholi eʻtirozlari oʻrganildi
янв.21
📚 PEDAGOG — JAMIYATNING ENG HURMATLI VAKILI!
янв.21
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK — HUDUD TARAQQIYOTI VA AHOLI DAROMADINI OSHIRISHNING AMALIY MEXANIZMI
янв.21
🧿 Yangihayotda yana bir xayrli tashabbus: "Doʻstlik" mahallasida yangi xususiy bogʻcha oʻz faoliyatini boshladi! 🏠✂️
TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xavotog' QFYdagi 9-sonli maktabda ta’lim jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog' QFYdagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv jarayonlari hamda pedagoglarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabda dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning ish rejalari va darslarga tayyorgarlik holati, o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoni hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, pedagoglarning belgilangan vazifalarni bajarishi, dars jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, o‘quvchilarning faolligi va bilim darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, pedagoglarning rejalashtirilgan ishlarini sifatli amalga oshirish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2