🔰32-sessiya hujjatlari E-Kengash elektron platformasiga joylashtirildi
♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qabul qilinayotgan qaror va hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda elektron tizimga o‘z vaqtida joylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
♻️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda bosh mutaxassis J.Norov tomonidan kuni kecha bo‘lib o‘tgan Kengashning 32-sessiyasiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi.
♻️Jarayonda sessiya materiallari, qabul qilingan qarorlar va tegishli hujjatlarni tizimlashtirish hamda E-Kengash elektron platformasiga belgilangan tartibda joylashtirish choralari ko‘rildi.
♻️Mazkur ishlar Kengash faoliyatining elektron shaklda yuritilishini takomillashtirish, hujjatlar aylanmasini tartibga solish va aholi uchun ochiq axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
♻️Kotibiyat tomonidan sessiya hujjatlarini rasmiylashtirish va elektron platformaga joylashtirish ishlari belgilangan talablar asosida davom ettirilmoqda.