35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati oʻrganildi!
янв.21
"Yo‘ldosh" MFYda fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, qonuniy yechim topilmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida mahalla masʻullari faoliyati oʻrganildi
янв.21
Yangihayotda daraxtlar muhofazasi: Deputat nazorati va aholi eʻtirozlari oʻrganildi
янв.21
MAHALLALARDA QONUN IJROSI VA KADRLAR SALOHIYATI, NAZORAT VA TAHLIL
янв.21
📚 PEDAGOG — JAMIYATNING ENG HURMATLI VAKILI!
янв.21
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK — HUDUD TARAQQIYOTI VA AHOLI DAROMADINI OSHIRISHNING AMALIY MEXANIZMI
янв.21
🧿 Yangihayotda yana bir xayrli tashabbus: "Doʻstlik" mahallasida yangi xususiy bogʻcha oʻz faoliyatini boshladi! 🏠✂️
Navbahor mahallasida aholi murojaatlari va mavsumiy tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan Navbahor mahallasida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda hududda obodonlashtirish va xavfsizlik masalalari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada joylashgan 9 qavatli 1A-uy uyboshisi Shalaumova Elmira bilan suhbat o‘tkazilib, xonadonlarda mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikrlar tinglandi.
Suhbat jarayonida uyboshi mazkur ko‘p qavatli uyda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yaxshi tashkil etilgani, tom qismi yangidan yopilgani hamda har bir pod’yezdda zamonaviy yangi liftlar o‘rnatilganini ta’kidladi.
Shuningdek, uyga xizmat ko‘rsatayotgan BSK “Bahor House” faoliyatidan mamnunligini bildirib, uy atrofi muntazam ravishda tozalanishi va obodonlashtirilishiga ijobiy baho berdi.
Ayni paytda, uyboshi ayrim fuqarolar tomonidan umumiy foydalanish joylarida tozalik va sanitariya qoidalariga doimo ham rioya etilmayotganini ham qayd etdi.
Shuningdek, mahallada “Chilonzor — xavfsiz hudud” loyihasi doirasida ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga aqlli videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.
Uybosining ta’kidlashicha, videokuzatuv tizimining yo‘lga qo‘yilishi natijasida hududda jinoyatchilik holatlari sezilarli darajada kamaygan.
Deputat o‘rganish yakunida aholi bilan muloqotni davom ettirish, bildirilgan taklif va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, qonuniylik, jamoat tartibi, sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash borasida nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Slide 1 of 2