Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰PF-193-sonli Farmon mazmun-mohiyati «mahalla yettiligi» bilan muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining Choshtepa mahallasidagi faoliyati: Murojaatlar va ularning ijrosi
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish — doimiy e’tiborda
янв.21
📌 Aholining Bandligi va Daromadlarini Oshirish – Ustuvor Vazifa
янв.21
Reklama to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020-y.) ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun #DeputatFaoliyati XAVFSIZ OZIQ-OVQAT — SALOMATLIGIMIZ GAROVI!
янв.21
🔰MOLIYAVIY XAVFSIZLIGINGIZ — OʻZ QOʻLINGIZDA!
янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun #DeputatFaoliyati #YoshlarMaslahatGuruhi   YOSHLARGA NIMA KERAKLIGINI YOSHLARNING O‘ZI BILADI!
янв.21
📌Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandlik masalalari deputat e’tiborida
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA ZAMONAVIY IMKONIYATLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A. Kenjayev bilan birgalikda muassasaning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida stomatolog va LOR shifokorlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayoni, bemorlarga tibbiy ko‘rik va maslahatlar ko‘rsatish holati hamda tibbiy xizmatlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, poliklinikada mavjud zamonaviy tibbiy uskunalar, jumladan, LOR apparatining holati, undan foydalanish samaradorligi va fuqarolarga zamonaviy diagnostika hamda davolash imkoniyatlarini taqdim etish darajasi o‘rganildi.

Qabul bo‘limining faoliyati, bemorlarni qabul qilish va tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish tartibi, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmatlarning qulay va samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3