35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVOLDI DASTURI IJROSI AMALDA: DEPUTAT VA PENSIYA JAMG‘ARMASI MAS’ULLARI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA FAROVONLIGINI OShIRIShDA DAVLAT AKTIVLARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun — kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishning mustahkam huquqiy asosidir
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA OILALAR FAROVONLIGINI OSHIRISHDA HAMKORLIK
янв.21
Yangihoyot tumanida muhim qonun targʻiboti va ijrosi yuzasidan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 48-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T. Karimovaga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizg‘in pallada: «Viqor» mahallasidagi issiqlik quvurlari yangilanmoqda
янв.21
deputat X.Inogamov o‘z saylov okrugida
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat partiya tashkiloti raisi o‘rinbosarlari Sh.Karichayev, Sh.Mamatboyeva 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, pedagoglar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida maktab direktori M.Abdurahimova hamrohligida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, mavjud sharoitlar va ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida olib borildi. Ushbu Qonun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan bo‘lib, pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va kasbiy faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.

Qonunning 5-moddasida ish beruvchi pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi belgilangan. Shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyatiga asossiz aralashish, uni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish, xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni talab qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.

O‘rganish davomida maktabdagi mavjud holatga alohida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lgan jihati o‘quvchilar sonining belgilangan quvvatdan sezilarli darajada yuqoriligi bo‘ldi. Jumladan, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1 150 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda bu yerda 2 100 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Bunday holat ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yetarli va qulay sharoit yaratish, shuningdek pedagoglarning kasbiy faoliyatini belgilangan talablar asosida olib borish masalalariga yanada e'tiborli yondashishni talab etadi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan tegishli masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yaxshilash masalalarini deputatlik nazorati doirasida davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 7