35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Har bir murojaat ortida inson qadri - 14-Chorbog‘ okrugida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
🏛 Ta’lim tashkilotlari kuz-qish mavsumiga tayyormi?
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar bilan navbatdagi muloqot oʻtkazildi
янв.21
566-sonli Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida
янв.21
📌 Fuqaro murojaati eʻtiborda: muammo ijobiy hal etildi
янв.21
TA’LIMDA IJTIMOIY ADOLAT VA TENG IMKONIYATLAR KAFOLATI
янв.21
#MUNOSABAT IJTIMOIY DAVLAT VA INSON QADRI — TARAQQIYOTIMIZNING BOSH MEZONI
янв.21
🏛 FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTIGA OID HUQUQLARI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
"Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
янв.21
Xushxabar: Yangihayot tumanida "Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi" gʻoliblari uchun mablagʻlar ajratildi!
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik faoliyati va monitoring ishlari davomida aholi o‘rtasida ommaviy zaharlanishlarning oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlari hamda belgilangan talablar ijrosini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar SEO va JSB boshlig‘i G‘.Mirzamahmudov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonuni va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 54-sonli buyrug‘i talablariga asosan Qo‘qon shahri aholisi o‘rtasida ommaviy zaharlanishni oldini olish maqsadida qanday amaliy chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur so‘rov orqali shaharda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, ommaviy zaharlanish xavfining oldini olish hamda aholi salomatligi muhofazasini kuchaytirish maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2