35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVOLDI DASTURI IJROSI AMALDA: DEPUTAT VA PENSIYA JAMG‘ARMASI MAS’ULLARI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA FAROVONLIGINI OShIRIShDA DAVLAT AKTIVLARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun — kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishning mustahkam huquqiy asosidir
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA OILALAR FAROVONLIGINI OSHIRISHDA HAMKORLIK
янв.21
Yangihoyot tumanida muhim qonun targʻiboti va ijrosi yuzasidan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 48-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T. Karimovaga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizg‘in pallada: «Viqor» mahallasidagi issiqlik quvurlari yangilanmoqda
янв.21
deputat X.Inogamov o‘z saylov okrugida
MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 1-sonli "Palwash ataw" saylov okrugidan saylangan deputat A.Ibragimov hamda 6-sonli "Andjan" saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Berdaxov tomonidan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosidagi isitish tizimi, mavsumga tayyorgarlik ishlari, mavjud sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida issiq va qulay muhitni ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2