O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Kichiksoy” mahallasi istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan mahalla raisi ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida fuqaroning tomorqa hududidagi sug‘orish tizimi bilan bog‘liq muammo o‘rganilib, sug‘orish tizimini quvur orqali qo‘shni xonadonga ta’sir qilmaydigan, xavfsiz masofaga ko‘chirish bo‘yicha tavsiya berildi.
🔺Shuningdek, deputat tomonidan fuqaroga tomorqa yer maydonidan samarali va unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oila daromadlarini oshirish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi. Tomorqa yerlarini qarabsiz qoldirmasdan, mavsumiy ekinlarni ekish, yer unumdorligini oshirish va mavjud suv resurslaridan tejamkor foydalanish muhimligi ta’kidlandi.