35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
янв.21
Xushxabar: Yangihayot tumanida "Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi" gʻoliblari uchun mablagʻlar ajratildi!
янв.21
📌 Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
292-sonli maktab binosida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputati G. Muradova oʻz saylov okrugida
янв.21
“Xushnud” MFY Sardor koʻchasining 33-“A” uy aholisidan tushgan murojaatni joyiga borib oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati xalq xizmatida!
янв.21
Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 29-iyuldagi VII-25-114-14-0-K/26-sonli qarori bilan tanishishing
янв.21
Yangihayot tumani hokimi tuman aholisi hamda tadbirkorlariga navbatdagi murojaatini yo‘lladi.
янв.21
Yangihayot tumanida «Marhamat» mahallasi aholisi bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi
MUROJAAT ASOSIDA CHIQINDI MUAMMOSI O‘RGANILDI

MUROJAAT ASOSIDA CHIQINDI MUAMMOSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududidagi eski madaniyat binosi yonida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmay, to‘planib qolgani yuzasidan ijtimoiy tarmoq orqali murojaat kelib tushdi.

Murojaatda hududdagi chiqindilar sabab noxush hidlar tarqalayotgani, shamolli kunlarda chiqindilar atrofga sochilib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani bildirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov joyiga chiqqan holda, Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i I. Xayitov, Navro‘z MFY raisi X. Naimov hamda tuman madaniyat bo‘limi rahbari ishtirokida holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mas’ullarga hududdagi chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish va hududni tozalash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi tomonidan mazkur hudud belgilangan tartibda tozalanishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6