35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVOLDI DASTURI IJROSI AMALDA: DEPUTAT VA PENSIYA JAMG‘ARMASI MAS’ULLARI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA FAROVONLIGINI OShIRIShDA DAVLAT AKTIVLARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun — kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishning mustahkam huquqiy asosidir
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA OILALAR FAROVONLIGINI OSHIRISHDA HAMKORLIK
янв.21
Yangihoyot tumanida muhim qonun targʻiboti va ijrosi yuzasidan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 48-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T. Karimovaga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizg‘in pallada: «Viqor» mahallasidagi issiqlik quvurlari yangilanmoqda
янв.21
deputat X.Inogamov o‘z saylov okrugida
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — ULARNING KELAJAKKA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASH SARI MUHIM QADAM

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — ULARNING KELAJAKKA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASH SARI MUHIM QADAM

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tashabbusi bilan o‘zi saylangan 45-“Qo‘yliqobod” saylov okrugida joylashgan IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hudud 23-sonli MUIKda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔺 Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda Ekopartiyaning Yashnobod tuman Kengashi raisi Dildora Mavlyanova, “Katta Qo‘yliq” mahallasi raisi R. Mahkamov, muassasa rahbariyati hamda mahkum yoshlar ishtirok etdi.

🗣 Muloqot davomida yoshlarning muammolari va kelgusidagi rejalari tinglanib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, mehnat qilish hamda jamiyatga qayta moslashish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi.

🔎 Sevara Fayziyeva yoshlar bilan suhbatda har bir inson o‘z hayotida to‘g‘ri xulosa chiqarishi, bilim va kasb egallashi, o‘z ustida ishlashi hamda kelajak uchun yangi maqsadlarni belgilashi muhimligini ta’kidladi.

📋 Uchrashuv doirasida Dildora Mavlyanova tomonidan yoshlarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va kelajakka ijobiy qarashini rag‘batlantirishga qaratilgan psixologik trening ham tashkil etildi.

📚 Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Deputat tomonidan savollarga javob berilib, uchrashuv yakunida mahkum yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi. Kitob mutolaasining tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati alohida qayd etildi.

🌳 Shuningdek, Sevara Fayziyeva muassasa hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tashkil etilgan yashil hududlar ko‘zdan kechirilib, ekologik madaniyatni shakllantirishda bunday tashabbuslarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

💡 Mazkur tashrif mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida, avvalo, yoshlar bilan ishlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va kelgusidagi bandligiga ko‘maklashish kabi masalalar bilan uyg‘un olib borildi. Shuningdek, deputatlarga biriktirilgan 162 ta muhim qonun ijrosini o‘rganish yo‘nalishidagi vazifalar bilan hamohang ravishda inson huquqlariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrini eshitish, bilim va kasb egallashga rag‘batlantirish hamda jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10